Tramp amerika harbiy bazalarini daromad manbaiga aylantirishi mumkin

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishV Polshe razmeshen batalon NATO
V Polshe razmeshen batalon NATO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelajakda Yevropa, Yaponiya va Koreya o‘z hududlaridagi AQSh harbiy bazalari uchun to‘lashga majbur bo‘ladi.  

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. AQShning Time va Bloomberg tahliliy nashrlari prezident Donald Trampning amrika armiyasini o‘z-o‘zini qoplash tizimiga o‘tkazish haqidagi g‘oyasidan xabar topgan va buni faol muhokama qilmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Flag NATO - Sputnik O‘zbekiston
Italiya va Germaniya aholisi NATO xarajatlari uchun to‘lovlar oshirilishidan norozi

Ushbu muhokamalarda aytilishiga ko‘ra, kelib chiqishi biznesmen bo‘lgan Donald Tramp armiyani “xarajatlar” ro‘yxatidan chiqarib “daromadlar” manbaiga aylantirmoqchi. Xususan AQSh o‘z harbiy bazalari joylashgan Yevropa va boshqa mamlakatlaridan ularni ta’minlash uchun “xarajatlar + 50% yoki undan ko‘proq ” miqdorida to‘lov kiritishni talab  qilmoqda.

Aytish joizki, ayni damda ham Yevropa va Yaponiya AQShga harbiy bazalari uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri pul to‘lamasada, ulkan imqosda imtiyozlar bermoqda. Ular bepul yer ijarasi, bepul bojxona to‘lovlari, bepul kommunikatsiyalar va boshqa to‘lovlardan iborat.

Ushbu “olamshumul” g‘oya prezident Trampning boshiga kelishiga Polsha sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Biroz oldin Polsha o‘z hududida harbiy baza joylashtirish uchun AQShga 2 milliard dollar taklif qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0