Xavfli burilish: Mashina tomiga chiqib, uni “uchirayotgan” toshkentlik

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda katta tezlik ketayotgan mashina rulini boshqaruvchisiz qoldirib, mashina tomiga o‘tirib olgan “epchil” haydovchi tasvirlangan video keng tarqalmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda katta tezlik ketayotgan mashina rulini boshqaruvchisiz qoldirib, mashina tomiga o‘tirib olgan “epchil” haydovchi tasvirlangan video keng tarqalmoqda. Xavfli trukni ijro etgach, haydovchi o‘z o‘rniga qaytadi. Biroq bularning barchasi unga kam qilgandek, u o‘zining qoidabuzarligini davom ettiradi.

U biroz o‘tib yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmay, katta tezlikda mashinani boshqarishda davom etadi. Atrofda transport vositalari harakatlanayotganiga qaramasdan, yana bir necha marta xavfli truklarni ijro etadi.

Hozircha IIBB ushbu holatga rasmiy izoh bergani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan va mashinani katta tezlikda boshqargan qoidabuzarlarga jazo muqarrardir. Chunki ular o‘z harakatlari bilan nafaqat o‘z hayotlarini, balki boshqalar hayotini ham xavf ostiga qo‘yishadi.

Yangiliklar lentasi
0