Iqtisod

Qozogʻiston Oʻzbekistonda neft quvuri qurishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Mixail Grachev / Fotobankka oʻtishMagistralnыy nefteprovod
Magistralnыy nefteprovod - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi quvur orqali Oʻzbekistonga yiliga 5 million tonnagacha neft yetkazib berish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Qozogʻiston Oʻzbekistonga "Shыmkent-Jizzax" neft oʻtkazgichini qurishni rejalashtirmoqda, dedi qoʻshni mamlakat energetika vaziri oʻrinbosari Bolat Akchulakov.

Ayni damda neft quvurini qurish ishlari boshlanmgan. Qurilishi Jizzaxda neftni qayta ishlash zavodi ishga tushganidan keyin boshlanishi rejalashtirilgan.

“Biz ayni damda Jizzaxda qurilayotgan neftni qayta ishlash zavodining texnik xususiyatlariga bagʻishlangan muzokaralar oʻtkazdik”, - deb vazir oʻrinbosarining soʻzlarini keltiradi "Kazinform".

Qozogʻiston va Oʻzbekiston orasidagi neft quvuri tashqaridan mablagʻ jalb qilish evaziga quriladi. Undan koreyaning Eksimbanki, Xitoyning Davlat rivojlanish banki, “Gaprombank” va “Kredit Sviss” banklari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Aytish joizki, bugungi kunda Jizzaxda neft zavodi qurish – loyiha bosqichida.

Yangiliklar lentasi
0