Dunyoda

Oʻzbekiston Boeing 737 MAX samolyotlarini qabul qilishni taʼqiqladi   

© AFP 2022 / JASON REDMONDSamolet "Boeing 737 MAX". Illyustrativnoye foto
Samolet Boeing 737 MAX. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼqiq vaqtinchalik boʻlib, bugundan boshlab 1 oy davomida amal qiladi.

TOSHKENT, 13 mar – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati oʻz aeroportlarida Boeing 737 MAX samolyotlarini qabul qilishni taʼqiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bugun Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi Oʻzbekiston aeroportlari Boeing 737 8 MAX va Boeing 737 9 MAX samolyotlarini qabul qilmayotganlarini xabar qildi. Taʼqiq vaqtincha 13 mart soat 17:00dan bir oy davomida amal qiladi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra, taʼqiq ushbu turdagi samolyotlarning Oʻzbekiston ustidan uchib oʻtishi taʼqiqlanmagan.

Mejdunarodnыy aviasalon Le Burje-2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy Boeing 737 MAX samolyotlarida parvoz qilishni taqiqladi

Eslatib oʻtamiz, bir necha soat oldin Qozogʻiston ham ushbu turdagi samolyotlar parvozini taʼqiqlagan edi. Kecha 12 mart kuni esa Xitoy va  Yevropa Ittifoqm mamlakatlari Boeing 737 MAX samolyotlari parvozini taʼqiqlagan edi.

Boeing korporatsiyasining eng yangi samolyotlaridan biri – toʻrtinchi avlod 737 8 MAX 10 mart kuni Efiopiyada qulab tushgan edi. Undan bir necha oy oldin esa Fillipinda ham ana shunday fojea yuz bergan.

Mutaxassislarning dastlabiki xulosalariga koʻra, Boeing 737 8 MAX samolyotlari nazorat tizimida xatolik tufayli samolyot keskin pastga shoʻngʻishii ehtimoli bor.

Yangiliklar lentasi
0