O‘zbekiston yoki Uzbekland: mamlakat nomini o‘zgartirish haqida Sputnik so‘rovi natijalari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloshad "Drujba narodov" v Tashkente
Ploshad Drujba narodov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandlik talaba O‘zbekiston nomini Uzbekland yoki Neartland deb o‘zgartirishni taklif qilgan edi. Uning fikricha, -iston qo‘shimchasi Pokiston va Afg‘oniston bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy tasavvurni uyg‘otadi.

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. So‘rovda ishtirok etgan aksariyat Sputnik o‘quvchilari O‘zbekiston nomini o‘zgartirishga qarshi ekanliklarini bildirishdi.

Ploshad Mustakillik - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandlik talaba O‘zbekiston nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Eslatib o‘tamiz, hozirda Xitoyda tahsil olayotgan samarqandlik talaba Abubakir Mamatov O‘zbekiston nomini Uzbekland yoki Neartland deb o‘zgartirishni taklif qilgan edi. Uning fikricha, -iston qo‘shimchasi Pokiston va Afg‘oniston bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy tasavvurni uyg‘otadi. U mamlakat nomi o‘zgartirilsa, mamlakatga kelayotgan turistlar oqimi yanada ko‘payadi, deb hisoblaydi.

Sputnik so‘rovida qatnashganlarning 68,6 foizi O‘zbekiston nomini o‘zgartirish maqsadga muvofiq emas, chunki mamlakatning barchaga ma’lum nomi bor, degan bandga ovoz berishgan.

So‘rovda qatnashganlarning 16,8 foizi bu masalani faqat referendum o‘tkazish yo‘li bilan hal qilish kerak, deb hisoblashadi.

Sputnik so‘rovida ishtirok etganlarning 9,4 foizi O‘zbekiston nomini o‘zgartirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashdi.

Shuningdek, so‘rovda qatnashganlarning 5,2 foizi mamlakat nomini o‘zgartirishga qarshi emas, lekin bu uchun barcha xohlovchilar o‘z variantlarini taklif qilishlari kerakligini qayd etishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek yozuvchi Evril Turon (Mamadali Mahmudov) O‘zbekiston iqtisodiy qudrat cho‘qqisiga chiqqanda, poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini bildirgan edi. Uning fikricha, yangi poytaxt G‘allaorol-Bulung‘ur tumanlari oralig‘idagi Pomir tizmalarida joylashishi kerak. Shuningdek, u yangi poytaxtni Temurkent (Amir Temur sharifiga) deb atash taklifini kiritgan edi.

O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish haqida taklif yuzasidan Sputnik O‘zbekiston agentligi so‘rov o‘tkazgan edi. So‘rov natijalarga ko‘ra, 50 foizdan ortiq kishi mamlakat poytaxtini Jizzax shahriga ko‘chirish maqsadga muvofiq emas, deya hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0