Senator Mirabror Usmonov komaga tushdi – OAV

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaMirabror Usmanov
Mirabror Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda uning ahvoli og‘ir va shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi sobiq raisi Mirabror Usmonov 12-mart kuni jonlashtirish bo‘limiga olib ketilgan, deb xabar qilmoqda “Daryo” nashri o‘z manbasiga tayanib.

Xabarda yozilishicha, Mirabror Usmonov o‘pka va nafas yo‘llari bilan bog‘liq xastalik sabab klinikaga keltirilgan. Hozirda uning ahvoli og‘ir va shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Oliy Majlis Senatida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ushbu xabarni na tasdiqlashdi na rad qilishdi.

Mirabror Usmonov 2006-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston futbol federatsiyasini boshqargan edi. 2013-yildan 2017-yilgacha Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0