O‘zbeklar boshqa davlatlar aholisiga qaraganda erta qariyapti – tadqiqot

Obuna bo‘lish
Britaniyaning The Lancet ilmiy jurnali turli mamlakatlardagi qarish belgilarining o‘rtacha yoshiga bag‘ishlangan tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Britaniyaning The Lancet ilmiy jurnali turli mamlakatlardagi qarish belgilarining o‘rtacha yoshiga bag‘ishlangan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. O‘zbekiston uchun bu 57 yoshni tashkil etdi.

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, keksayishning o‘rtacha yoshi 65 yoshni tashkil qiladi, ammo O‘zbekistonda bu yosh ancha oldinroq keladi. Shunday qilib, respublika mamlakatlarning umumiy reytingida 183-o‘rinni egalladi.

Rossiyada ham qarish jarayoni oldinroq boshlanadi — 59 yoshda, ya’ni prezident tomonidan tayinlangan pensiya yoshidan bir yil oldin keladi.

Olimlar tomonidan o‘rganilgan davr 27-yilni tashkil qilgan —1990- yildan 2017-yilgacha.

Bundan tashqari, olimlar keksayishning eng kechi 76,1 yoshda Yaponiya va Shveysariya aholisi orasida, shuningdek, Fransiya va Singapurda — 76 yoshda ekanligini aniqlashgan.

Shuningdek, xammadan erta - Papua-Yangi Gvineya (45,6), Marshall orollari (51) va Afg‘oniston (51,6) aholisida keksayish alomatlari paydo bo‘lishi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0