Peskovning rafiqasi O‘zbekistonda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFiguristka Tatyana Navka
Figuristka Tatyana Navka  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Humo Arena muz saroyining ochilish marosimiga mashhur figurachi Tatyana Navka tashrif buyurdi.

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Humo Arena muz saroyining ochilish marosimiga tashrif buyurgan mashhur figurachi Tatyana Navka o‘zbekistonliklarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Fillip Kirkorov i Nikolay Baskov - Sputnik O‘zbekiston
“Qirollardek va Maybach᾽da kutib olishdi”: Kirkorov va Baskov Toshkentda

“Butun O‘zbekistonga avvalo baxt, salomatlik va muhabbat tilayman. Hamma konkiga, hamma sportga, degan bo‘lardim. Barcha-barchaga sport bilan shug‘ullanishni, sport zalga qatnashni tilayman. Chunki salomatlik – bu hayot, bu harakat, bu quvvat, bu ajoyib kayfiyat. Bu maqsadlar… Mening fikrimcha, sport odamlarni birlashtiradi va cheksiz pozitiv tuyg‘ularni baxsh etadi”, - dedi Tatyana Navka.

Aytgancha, Humo Arena muz saroyining ochilish marosimi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tatyana Navkaga mahalliy NAESMI rahbari tomonidan arena emblemasi tushirilgan zarhal chopon sovg‘a qilishdi. Choponni kiyib ko‘rgan Navka o‘z xursandchiligi va hayratini yashirmadi. Hatto darhol Instagram sahifasiga joylashtirish uchun suratga ham tushdi.

“Bu o‘zbekona choponda o‘zimni qor malikasidek his qilyapman”, -  dedi u kulib jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz,Humo Arena ochilish marosimi 15 mart kuniga belgilangan. Ochilish marosimida sovet va Rossiya sporti va estrada yulduzdari: Pavel Bure, Tatyana Navka, Aleksandr Yakushev, Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov va Dima Bilan ishtirok etadi. Shuningdek, saroyning ochilish marosimiga prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrif buyurishi ham kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0