Tatyana Navka o‘zbekistonliklarga qanday tilak bildirdi?

Obuna bo‘lish
Mashhur sportchi, figurali uchish bo‘yicha olimpiya chempioni Tatyana Navka Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashuvi chog‘ida barcha o‘zbekistonliklarga sportga oshno bo‘lishga, hech bo‘lmaganda sport zaliga qatnab turishga chaqirdi. Tatyanaga ko‘ra, sportda gap ko‘p...

"Butun O‘zbekistonga avvalo baxt, salomatlik va muhabbat tilayman. Hamma konkiga, hamma sportga, degan bo‘lardim. Barcha-barchaga sport bilan shug‘ullanishni, sport zalga qatnashni tilayman. Chunki salomatlik – bu hayot, bu harakat, bu quvvat, bu ajoyib kayfiyat. Bu maqsadlar… Mening fikrimcha, sport odamlarni birlashtiradi va cheksiz pozitiv tuyg‘ularni baxsh etadi”, - dedi Tatyana Navka.

Aytgancha, Humo Arena muz saroyining ochilish marosimi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tatyana Navkaga mahalliy NAESMI rahbari tomonidan arena emblemasi tushirilgan zarhal chopon sovg‘a qilishdi. Choponni kiyib ko‘rgan Navka o‘z xursandchiligi va hayratini yashirmadi. Hatto darhol Instagram sahifasiga joylashtirish uchun suratga ham tushdi.

Yangiliklar lentasi
0