Toshkentda Lacetti olib qochgan va IIBB xodimlari talabiga bo‘ysunmagan shaxs qo‘lga olindi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobilnie vori
Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noma’lum shaxs Chilonzor tumani Farxod ko‘chasida qoldirilgan Lacetti rusumli avtomobilini olib qochgan.

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Toshkentda Lacetti olib qochgan va IIBB xodimlari talabiga bo‘ysunmagan shaxs qo‘lga olindi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, 13-mart kuni soat 22.50 da ichki ishlar organlariga 37 yoshli A’zamjon Sh. dan xabar kelib tushdi. Unga ko‘ra, noma’lum shaxs uning Chilonzor tumani Farxod ko‘chasida qoldirilgan Lacetti rusumli avtomobilini olib qochgan. Jabrlanuvchining so‘ziga qaraganda, mashina kaliti avtomobil ichida qoldirilgan.

Sotrudnik GAI  - Sputnik O‘zbekiston
Mashinadan beligacha tashqariga chiqib, uni boshqargan “epchil” haydovchi jazolandi

Xabarda qayd etilishicha, Uchtepa tumani PPX xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, soat 23.10 da qidiruvga e’lon qilingan avtomobil va gumonlanuvchi Uchtepa tumani 12-kvartalda topilganlar. Haydovchi to‘xtash haqidagi talablariga bo‘ysinmasdan, harakatni davom ettirib yashirinishga uringan. Ammo, shunga qaramasdan mashina to‘xtatilib, gumonlanuvchi – Toshkent viloyatida yashovchi 33 yoshli Baurjan Yu. qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston JKning 267-moddasi 1-qismi (“Transport vositasini olib qochish”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda mashinadan beligacha tashqariga chiqib, uni boshqargan haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0