Yangi Zelandiyadagi masjidlarda sodir bo‘lgan otishmada 27 kishi halok bo‘ldi

© AP Photo / Mark BakerStrelba v mecheti Novoy Zelandii: manifest avstraliysa i pogibshie
Strelba v mecheti Novoy Zelandii: manifest avstraliysa i pogibshie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guvohlarning ma’lum qilishicha, Linvud masjididagi otishmani shlem va ko‘zoynak taqqan oq tanli shaxs sodir etgan. Otishma sodir bo‘lgan vaqtda masjidda 300 ga yaqin qishi bo‘lgan.

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Yangi Zelandiyaning Kraysterch shahrida ikki masjidda sodir bo‘lgan otishmada 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti New Zealand Herald mahalliy nashrga tayanib xabar qildi.

Avvalroq OAVlar hodisada 9 nafar kishi qurbon bo‘lganligi haqida xabar qilishgan edi.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, Linvud masjididagi otishmani shlem va ko‘zoynak taqqan oq tanli shaxs sodir etgan. Otishma sodir bo‘lgan vaqtda masjidda 300 ga yaqin qishi bo‘lgan. Jinoyatchi o‘z harakatlarini ijtimoiy tarmoqqa onlayn translatsiya ham qilib borgan.

The New Zealand Herald nashrining ma’lum qilishicha, otishmani sodir etgan shaxs Avstraliya fuqarosi. U hujum oldidan internetda 37 sahifalik manifest e’lon qilib, unda o‘z harakatlarini terakt deb aytgan.

Hozirda politsiya bir kishini qo‘lga olgan. Uning kimligi oshkor etilmayapti. 

Shu bilan birga 1 News kanali Linvuddan tashqari shahar kasalxonasi va yana bir masjidda ham otishma sodir etilgani haqida xabar qilmoqda.

Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern hodisani terakt va bu mamlakat tarixidagi “eng qora kunlar” deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0