Fillar o‘z bolalarini yirtqichlardan himoya qildi - ta’sirli video

CC0 / pixabay / Sloni
Sloni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu video hech kimni befarq qoldirmaydi: katta fillar o‘z bolalarini himoya qilish maqsadida, qanday qilib birlashishgani va itlarni qanday haydashganini tomosha qiling.

Fil bolalari deyarli ojizdirlar, shu bois, ko‘plab yirtqichlar, xususan shoqolsimon itlar ham ulardan mazali xo‘rak sifatida foydalanadi. Yovvoyi itlar fil bolalarining birini "o‘rtaga olib" o‘ziga ziyofat uyushtirmoqchi bo‘lgan edi, ammo ular bir narsani hisobga olmagandi: bu ojiz bolakaylarning himoyachilari - ya’ni ota-onalari va do‘stlari borligini hisobga olmagandilar.

Fillar dahshatli qichqirib itlarni qo‘rqitishni boshladi, va yirtqichlarni bolalar yoniga qo‘ymaslik maqsadida jonli aylana hosil qildi. Bu voqeani ko‘rgan sayyohlar o‘z hissiyotlarini jilovlay olmadilar: bu juda ta’sirchan kartina edi!

Fil bolalarining barchasi sog‘-omon ekaniga umid qilib qolamiz, axir shovolsimon itlar ularga qo‘qqisdan hujum qila olmadi.

Yangiliklar lentasi
0