TOSHKENT, 16 mar – Sputnik. Oʻzbekistonlik xonanda Shahzoda 21 mart kuni Kreml sahnasida chiqish qiladi. U ommabop musiqa sohasida topshiriladigan BraVo - xalqaro professional musiqa mukofoti taqdirlash marosimida ishtirok etadi.
Tashkilotchilar xabariga koʻra, xonanda Filipp Kirkorov, Dima Bilan va Tamara Gverdtsitelilar bilan bir sahnada chiqish qiladi.
Keng koʻlamli shouda shuningdek, amerikalik xonanda Maykl Bolton, Buyuk Britaniyadan Leon Lyuis va irlandiyalik rok-musiqachi Kris de Burglar ishtiroki kutilmoqda.
Musiqiy ekspertlar turli nominatsiyalarda gʻoliblarni aniqlaydilar. Xususan, "Yil qoʻshiqchisi", "Yil musiqiy videosi", "Yil qoʻshigʻi" yoʻnalishlarida mohir ijrochilar kimligi oydinlashadi.