TOSHKENT, 16 mar - Sputnik, Aleksey Stefanov. Bryusselda Cercle Royal Gaulois saroyida "Yevroosiyoni birlashtirib - Atlantikadan Tinch okeanigacha" birinchi muloqotining ekspertlar uchrashuvida oʻnlab amaldorlar, iqtisodchilar va siyosatchilar YEOII va Yevropa hamjamiyati hamkorligi istiqbollarini muhokama qildilar.
Ular orasida Oʻzbekiston Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ham bor edi. Aytish joizki, Safoyevning bayonoti uchrashuv moderatori va ishtirokchilarini hayratga soldi. Yevroosiyo hamkorligi mavzusiga u yangi yoʻnalish - Afgʻoniston yoʻnalishini qoʻshdi.
Anjuman ishchi tili juda koʻp boʻlgani uchun balki, tadbir moderatori Safoyevning mavzusi - transafgʻon transport koridori qurilishimi, anini toʻgʻri tushunganini bilish uchun aniqlashtiruvchi savol berdi.
"Meni nazarimda, u haqiqatdan Afgʻonistonni bu jarayonga qoʻshishga tayyor emas edi. Lekin boshqa tomondan, biz Yevroosiyo mintaqasi haqida yagona mintaqa sifatida gapirar ekanmiz, bu holda bugungi kunda Yevropada mavjud koʻplab muammolar manbadan ayro emas. Narkotrafikni oling - Yevropadagi 90% narkotrafikning kelib chiqishi Afgʻonistondan. Birorta davlat bu muammoni mustaqil hal qila olmaydi. Faqat birlashib, umumiy strategiyaga tayangan holda, buni amalga oshirish mumkin. Ammo afsuski umumiy strategiya bizda hozircha yoʻq. Lekin buni amalga oshirish mumkin. Axir narkotiklar - terrorizmni moliyalashtirish, korruptsiya, huquq-tartibot organlarining eroziyasi manbai. Shu bois, men bugun keltirgan Afgʻoniston misoli, biz hammamiz uchun katta ahamiyatga ega", - deya tushuntirdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida.
Safoyevning taʼkidiga koʻra, Afgʻonistonning mintaqaviy loyihalarga jalb etilishi, bu mamlakatda tinchlikni mustahkamlashga omil boʻlishi mumkin. "Afgʻoniston xalqi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, qashshoqlikka qarshi kurashish evaziga terroristik tashkilotlarni, radikalizmni oziqlantiruvchi, muammolarga barham berish mumkinligini yaxshi anglaydi. Maʼrifat - bu ham terrorizmga qarshi kurashishning bir turi", - dedi Safoyev.
Uning aytishicha, Afgʻoniston orqali transport koridorning qurilishi koʻplab muammolarni yechishi mumkin.
"Birinchidan, bu Afgʻonistonni iqtisodiy loyihalarga tranzit hudud sifatida jalb etadi. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoga, Yevroosiyo kontinentiga eksport-import oqimini maksimal soddalashtiradi. Agar transafgʻon transport koridori qurilsa, mamlakat ichidagi narxlar va koʻproq oʻzbek tovarlari chet elda taqdim etiladi. Men faqat Oʻzbekiston haqida gapirayapman, ammo bu Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, Rossiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga ham aloqador", - dedi Oʻzbekiston Senati oʻrinbosari.
Safoyevning aniqlik kiritishicha, bugungi kunda Oʻzbekistondan tovarlar yaqin portlarga qadar 20-22 kunda yetib bormoqda, Afgʻoniston orqali transport koridori qurilgach esa, yoʻl vaqti 2-3 kungacha qisqaradi.
"Bu loyihada xalqaro moliya tashkilotlari, masalan Osiyo taraqqiyot banki, Butunjahon banki ishtirok etadi, deb umid qilamiz. Rossiyalik sheriklarimiz tomonidan qiziqish bildirilmoqda, bundan tashqari, rossiyalik hamkasblarimiz Afgʻonistonda loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tajribasi bor. Shunday ekan, bu koʻpsherikli loyiha", - deya xotima qildi Sodiq Safoyev.
"Biz juda murakkab davrda yashayapmiz, va bugungi kunda biz avvalo - oʻzaro ishonchga eʼtibor qaratishimiz kerak. Buni Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Aynan ishonch tufayli oxirgi ikki yilda Markaziy Osiyoda koʻplab muammolarni, xususan iqtisodiy xarakterdagi muammolarni bartaraf etishga muvaffaq boʻlindi. Shubha, raqobat, yashirin dushmanlik oʻrniga muloqot, hamkorlikka tayyorlik, kompromissga tayyorlik, ochiqlikka tayyorlik yuzaga keldi. Bu globalizatsiya davridagi kalit soʻzlardir", - dedi Safoyev.
Safoyev oʻz dokladida Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatlar bilan savdo aylanmasi hajmi bir yil ochida 50%ga oshdi va bu ishonch, aloqalar va ochiqlik tufayli yuzaga keldi. Shu bois, "Yevroosiyoni birlashtirib - Antantikadan tortib Tinch okeanigacha" anjumani, uning fikricha, bu yanada kengroq maydonda munosabatlarni vujudga keltirishga urinishdir.