O‘zbekiston musulmonlar idorasi Yangi Zelandiyadagi hujumga munosabat bildirdi

© muslim.uzPrazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti "Xazrati Imam"
Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butun dunyo mo‘min-musulmonlari, ulamolar, din va davlat arboblari Yangi Zelandiyada uyushtirilgan otishma oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardliklar bildirmoqdalar.

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. O‘zbekiston musulmonlar idorasi Yangi Zelandiyaning Kraysterch shahrida ikki masjidda sodir bo‘lgan otishmaga nisbatan rasmiy munosabat bildirdi va hodisaga "vahshiylikning eng dahshatli ko‘rinishi", deya izoh berdi.

Strelba v mecheti Novoy Zelandii: manifest avstraliysa i pogibshie - Sputnik O‘zbekiston
Yangi Zelandiyadagi masjidlarda sodir bo‘lgan otishmada 27 kishi halok bo‘ldi

"Aslida bu ommaviy qotillikni amalga oshirgan razil kimsalar haqiqiy terrorchilardir. Terrorchi bo‘lganda ham ashaddiy, qilgan jinoyatidan huzurlanadigan, bu ham yetmaganidek, o‘z qotilliklari bilan maqtanishdan ham tap tortmaydigan yovuzlardir. Bular Alloh taoloning, Rasuli Akramning, Islom dinining va ikki milliardga yaqin mo‘min-musulmonlarning ashaddiy dushmanlaridir. Yana ham umumiy qilib aytsak, insoniyat dushmanlaridir.

So‘nggi yillarda ayrim mamlakatlarda islomofobik kayfiyat avj olgan bir paytda Avstraliya va Yangi Zelandiyada musulmonlar tinch va osuda hayot kechirayotgan edi. Ko‘plab musulmon mamlakatlardan borib, u yerda yashab kelayotgan dindoshlarimiz moddiy tomondan anchagina rivojlanib borayotgan edi. Bu holat qora kuchlarning manfaatiga zid keldi. Ular vaqt o‘tgani sari Islom an’analarining mahalliy aholiga ham ta’sir etishidan cho‘chidi. Natijada ular shunday dahshatli terrorni uyushtirishgacha borib yetdi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Kraystchercha (Janubiy orol) dagi ikkita masjidda otishma sodir bo‘lgan va mahalliy hukumat axborotiga ko‘ra, 49 kishi halok bo‘lgan. Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern yuz bergan hodisani terakt, deb atagan. Hujumga aloqadorlikda gumonlanayotgan uch nafar shaxs qo‘lga olingan. Ular orasida Avstraliya fuqarosi ham bor. 28 yashar Brenton Tarrant qotillikda ayblanmoqda, bugun shanba kuni sud uning hibsda saqlanishi muddatini 5-aprelga qadar uzaytirdi.

Bu qotilliklar ayrim manfur kimsalarning o‘sha yerda istiqomat qiluvchi musulmonlarga nisbatan mantiqsiz nafrati oqibatidir. Bu nafrat islomofob nashrlar natijasida paydo bo‘lgan. Bu mash’um voqea Islom dushmanlari buyurtmasi asosida amalga oshirilgan navbatdagi terrordir. Bu nafaqat mo‘min-musulmonlarga, balki butun insoniyatga qaratilgan mudhish jinoyatdir.

Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya xalqiga hamdardlik bildirdi

"...Juma kunida o‘nlab mo‘min-musulmonlarning umriga zomin bo‘lgan buzg‘unchilar inson qiyofasini yo‘qotgan vahshiylardir. Butun dunyo mo‘min-musulmonlari, ulamolar, din va davlat arboblari uyushtirilgan terrorchilik oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardliklar bildirmoqdalar.

Alloh taolo shahid bo‘lganlarni rahmatiga olsin, ularning yaqinlariga sabru jamiyl bersin, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini nasib aylasin!", - deyiladi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi rasmiy munosabatida.

Yangiliklar lentasi
0