Dunyoda

Facebook Yangi Zelandiya terakti aks etgan video tarqalishini oldini oldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Terakt boʻlib oʻtganidan soʻng birinchi 24 soat ichida Facebook 1,5 millionta videolavhani oʻchirib tashladi.

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Facebook Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahridagi terakt aks etgan 1,5 millionta videoyozuvni oʻchirib tashladi, deb xabar qildi kompaniyaning Yangi Zelandiyadagi vakili Miya Garlik, RIA Novosti xabariga asosan.   

“Birinchi 24 soat ichida biz butun dunyoda ushbu hujum aks etgan 1,5 million yozuvlarni oʻchirib tashladik. Ulardan 1,2 milliontasi yuklash vaqtida blokirovka qilindi”, - deyilgan xabarda.

Kompaniya vakili aytishiga qaraganda zolimlik aks etgan videolavhalarni oʻchirib tashlash uchun Facebook xodimlari 24 soat davomida toʻxtovsiz ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, juma kuni Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahri masjidlarida boʻlib oʻtgan teraktda 50 kishi qurbon boʻldi, yana 50dan ortiq kishi jarohatlandi. Terrorchilar qilayotgan ishlarini Facebookda translyatsiya qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0