Harbiy xizmatchilarga ilk bor imtiyozli iste’mol kreditlari berildi

© Press-slujba MO UzbekistanaVoyennoslujashie poluchili lgotnie krediti
Voyennoslujashie poluchili lgotnie krediti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil boshidan buyon 1239 nafar harbiy xizmatchiga imtiyozli iste’mol kreditlari berildi.

TOShKENT, 17 mar – Sputnik. O‘zbekistonda 1000 dan ortiq askar va zobitlarga ilk bor imtiyozli iste’mol kreditlari berildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

"Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi “Harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga  asosan 2019-yil boshidan buyon 1239 nafar harbiylar ilk bor iste’mol kreditlari olishdi. Berilgan kreditlar umumiy qiymati 23,5 milliard so‘mni tashkil qildi", - deyilgan xabarda. 

Ushbu maqsadda Mudofaa vazirligida, kamida olti oy xizmat qilgan askarlar uchun kredit uchun, hujjatlarni qanday rasmiylashtirishga bag‘ishlangan seminar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0