Jamiyat

Qimmatbaho metall qazib olish uchun litsenziya berish tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishZoloto
Zoloto - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur konlarda qazib olingan metallar ixtisoslashtirilgan metallar qabuli kassalariga yoki litsenziyaga ega tadbirkorlarga sotiladi.

TOSHKENT, 18 mar – Sputnik. 2019 yil 16 martdagi Hukumat qarori bilan “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Nizomga muvofiq, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun litsenziyalar "E–AUKSION"dagi savdo yakunlari boʻyicha 3 yil muddatga beriladi.

Davlat geologiya qoʻmitasi yer qaʼri uchastkalarining roʻyxati tasdiqlanganidan soʻng 5 kunda auktsionni oʻtkazish uchun maʼlumotlarni tayyorlaydi.

Zolotыe slitki - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston maxfiylik grifi ostida boʻlgan maʼlumotlardan cheklovlarni olib tashladi

Auktsion oʻtkazish haqidagi xabar auktsiondan 5 kun oldin eʼlon qilinishi lozim. Auktsionda ishtirok etish uchun arizalar "Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish markazi"ning veb-saytida (e-auksion.uz) qabul qilinadi.

Arizachi hisob raqamga yer uchastkasining 5 foizi miqdorida zakalat pulini joylashtirishi lozim.

Yer uchastkasining dastlabki narxi 7,5 mln. soʻm etib belgilanadi va ushbu narx har 10 minutda oshiriladi.

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan litsenziya berish bilan birga yer uchastkasidan foydalanish huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Qazish ishlari boshlanishidan avval mahalliy hokimiyat organlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi yozma xabardor qilinishi shart.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala