Jamiyat

Nogiron farzandini parvarishlagan onalarga nafaqa toʻlanadi

Endilikda tegishli ish stajiga ega boʻlmagan bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga ular 55 yoshga yetganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanadi.

TOSHKENT, 19 mar – Sputnik. 2019 yil 18 mart kuni Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, endilikda tegishli ish stajiga ega boʻlmagan bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga ular 55 yoshga yetganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Mazkur nafaqa bolaning nogironligi toʻgʻrisida Tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi yoki maʼlumotnomasi asosida tayinlanadi.

Mujchina demonstriruyet pensionnoye udostovereniye - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Hatto pensionerlar ham yosh boʻlolmaydi

Qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlarga, yoshga doir yoki boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlangan nafaqa oluvchilarga, agar ular haq toʻlanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega boʻlishi munosabati bilan nafaqa toʻlash toʻxtatilar edi.

Qaror bilan mazkur tartib bekor qilindi, yaʼni nafaqa oluvchi boshqa daromad keltiradigan ish bilan shugʻullanishi yoki shugʻullanmasligidan qatʼiy nazar nafaqa toʻlash davom ettiriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala