Siyosat

Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefonlashdi

© Sputnik / Bolat ShayxinovNursultan Nazarbayev i Shavkat Mirziyoyev
Nursultan Nazarbayev i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident Mirziyoyev Nazarboyevga samimiyat ila mustahkam sogʻlik, gʻayrat va Qozogʻiston xalqiga bundan keyingi xizmatida tuganmas kuch-quvvat tiladi va doʻstona munosabatlar davom etishiga ishonch bildirdi.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. 19 mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun isteʼfoga chiqqan Qozogʻistonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon muloqoti boʻlib oʻtdi.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nazarboyev kelajakda nimalar bilan shugʻullanishini maʼlum qildi

Ikki davlat rahbarlari muloqot davomida har sohada muvaffaqiyatli va samarali rivojlanayotgan oʻzbek-qozoq munosabatlarining doʻstona xarakterini taʼkidlab oʻtdilar, deb xabar qiladi TIV matbuot-xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning Birinchi prezidenti tomonidan ikki davlat xalqlari oʻrtasida mustahkam doʻstlik fundamenti qoʻyilishida qoʻshgan hissasini chuqur mamnuniyat bilan eʼtirof etdi.

Suhbat davomida, Nazarboyev rahbarligida zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega davlat barpo etilgani, koʻpmillatli va koʻpdinli mamlakatda tinchlik va hamjihatlik taʼminlangani qayd etildi. Bugungi kunda Qozogʻiston dunyoning rivojlangan 50 davlati roʻyxatidan joy olgan.

Ikki davlat yetakchilari mamlakatlar oʻrtasida doʻstlik, axil qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlar bundan keyin ham rivoj topib, yanada mustahkamlanib borishiga qatʼiy ishonch bildirdilar.

Prezident Mirziyoyev Nazarboyevga samimiyat ila mustahkam sogʻlik, gʻayrat va Qozogʻiston xalqiga bundan keyingi xizmatida tuganmas kuch-quvvat tiladi va doʻstona munosabatlar davom etishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0