Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan biriga aylandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Economist Intelligence Unit ekspertlari har yilgi Worldwide Cost of Living report hisobotini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Economist Intelligence Unit ekspertlari har yilgi Worldwide Cost of Living report hisobotini eʼlon qildi. Hisobotda 2019 yilda istiqomat qilish uchun eng qimmat shaharlar roʻyxatini aniqlandi.

Tahlilchilar dunyodagi 133 ta shaharda non va birinchi ehtiyoj boʻyicha boshqa tovarlar narxini taqqoslashdi. Qiyosiy tahlilda Nyu-Yorkda istiqomat qilish narxi asos qilib olindi, u jami 100 ballni tashkil etgan.

Prospekt imeni Mirzo-Ulugbeka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Dushanbeni ortda qoldirdi

Shuningdek, reytingda oʻrin olishga mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va mahalliy valyuta kursi taʼsir koʻrsatadi. Ushbu reytingda Nyu-York shahrining oʻzi 7-pogʻonani egallagan.

Bu yilgi reytingda dastlabki uchta oʻrinni bir vaqtning oʻzida uchta shahar egalladi - Parij, Gonkong va Singapur. Shuningdek, reytingning birinchi oʻntaligiga Tsyurix (Shveytsariya),  Jeneva (Shveytsariya), Osaka (Yaponiya), Seul (Janubiy Koreya), Kopengagen (Daniya), Nyu-York (AQSH), Tel-Aviv (Isroil), Los-Andjeles (AQSH) shaharlari kiritilgan

Rossiya poytaxti Moskva reytingning 102-pogʻonasini egalladi.

Economist jurnali versiyasiga koʻra, Venesuala poytaxti Karakas, Suriyaning Damashq va Oʻzbekiston poytaxti Toshkent eng arzon shaharlar deb tan olingan. Eng arzon shahar ichida Qozogʻistonning Olmaota shahri 4-oʻrinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala