Qozog‘istonda 45 kishi gazdan zaharlandi, aksariyati maktab o‘quvchilaridir

© NewsTeam / Mediabankka o‘tishSotrudniki pravooxranitelnix organov i "Skoroy pomoshi" na meste proisshestviya
Sotrudniki pravooxranitelnix organov i Skoroy pomoshi na meste proisshestviya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotga ko‘ra, ushbu hodisa taqsimlovchi podstansiyada tabiiy gaz sizib ketishi oqibatida yuz bergan, podstansiya maktabdan 600 metr masofada joylashgan.

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Qozog‘istonning Shimkent shahrida 45 fuqaro gazdan zaharlandi, ularning 41 nafari maktab o‘quvchilaridir, deb xabar qildi seshanba kuni respublika sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik salomatligini muhofaza qilish qo‘mitasi rahbari Jandarbek Bekshin.

Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent tumanida besh kishi is gazidan zaharlandi

"Kecha Shimkentda 16.40 da hududiy departamentimizga shahar kasalxonasiga zaharlanish alomati bilan maktab o‘quvchilari olib kelingani haqida xabar kelib tushdi. Aniqlanishicha, bolalar bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va qisqa muddatli hushdan ketish simptomlari bilan kasalxonaga olib kelingan", - dedi Bekshin jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha bemorlar yengil behuzurlik bilan olib kelingan, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, detoksikatsion terapiya o‘tkazilgan, maktab o‘quvchilari ota-onalariga psixologik yordam ko‘rsatilgan.

"Jami 45 kishi yengil behuzurlik bilan olib kelingan, 41 nafari - maktab o‘quvchilari, to‘rt nafari - kattalar. Bir kompleks detoksikatsion terapiya o‘tkazilib, ota-onalariga psixologik yordam ko‘rsatilgach, bolalar kasalxonadan chiqarildi. Ayni vaqtda kasalxonada bolalar yo‘q", - dedi Bekshin.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu hodisa taqsimlovchi podstansiyada tabiiy gaz sizib ketishi oqibatida yuz bergan, podstansiya maktabdan 600 metr masofada joylashgan. Gaz sizib ketishi Shimkent gaz xizmati tomonidan bartaraf etilgan, nazorat tadqiqotlari o‘tkazilganida, podstansiya hududida va maktabda zararli moddalar aniqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0