Iqtisod

Nazarbayev isteʼfosidan soʻng Olma-Ota banklarida dollar tugab qoldi

© Sputnik / Pavel Mixeyev / Fotobankka oʻtishKazaxstan vvel plavayuщiy kurs natsionalnoy valyutы
Kazaxstan vvel plavayuщiy kurs natsionalnoy valyutы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nursulton Nazarbayev istʼfosidan soʻng Qozogʻistonda dollar almashtirish hajmi keskin oshdi.

TOSHKENT, 20 mar – Sputnik. Nursulton Nazarbayev isteʼfosidan soʻng Qozogʻistonda xorijiy valyuta sotib olish hajmi keskin oshdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston.

Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Qozogʻiston prezidenti Tokayev Ostona nomini Nursultonga oʻzgartirishni taklif etdi

Bugun ertalab Qozogʻiston fond birjasida amerika valyutasi kursi 1,64 tangaga oshib 378,04 tangani tashkil qildi.

Kurs oʻsishi unchalik  katta boʻlmasada, lekin xorijiy valyuta sotib olish hajmi keskin oshdi.  19 mart kuni Qozogʻiston valyuta birjasida 72 million dollar almashtirilgan boʻlsa, bugun 255 million dollar almashtirilgan.

Sputnik Qozogʻiston muxbiri, bugun ertalab Olma-Ota shahridagi bir necha valyuta ayrboshlash shaxobchalarida dollar yoʻqligiga shaxsan amin boʻlgan. Bir qator banklarga telefon orqali murojaat qilgan muxbir ham xuddi shunday javob olgan.

Yangiliklar lentasi
0