Jamiyat

Bu yil osh hammaga yetadi - Moskvadagi Navroʻz tantanasida 30 qozon palov damlanadi

© SputnikFestival plova
Festival plova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Navroʻz bayrami tantanalari Moskvadagi VDNX bogʻida 24 mart kuni boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Moskvada nishonlanadigan “Navroʻz-2019” bayram tantanalarida 30 ta qozonda 3 tonna guruch damlash rejalashtirilgan, dedi poytaxt milliy siyosat departamenti rahbari Vitaliy Suchkov.

“Biz, oʻtgan yillardagi tajribadan kelib chiqqan holda, bu yil tayyorlanadigan osh miqdorini oshirdik. Oldin palov Moskvadagi millatlar diasporalari vakillari tomonidan tayyorlangan boʻlsa, bu yil oshni – professional oshpazlar pishiradi”, - dedi Suchkov.

Navroʻz bayrami tantanasiga kelgan mehmonlar turli taomlarini tatib koʻrishlari, xalq amaliy sanʼati namunalari bilan tanishishlari mumkin boʻladi. Tadbir doirasida “eng yaxshi oshpaz” tanlovi ham boʻlib oʻtadi. Bosh sovrinni kosmonavt Solijon Sharipov topshiradi.

Navroʻz bayrami odatdagidek Moskvadagi VDNX bogʻida nishonlanadi. VDNX bogʻi hududida 18 ta milliy pavilon, 15ta ovqatlanish hududlari hamda milliy buyumlar va suvenirlar sotuv-koʻrgazmasi  tashkil etiladi.

Bayram tadbiri VDNX bogʻidagi 75 pavilonda soat 10:00 dan 13:00 ga qadar boʻlib oʻtadi. Kirish barcha uchun bepul. Maʼlumot uchun, bu yil Moskvada Navroʻz 14-marta nishonlanmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0