TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda Navroʻz bayrami tantanalari boshlanmoqda. Bugun ijtimoiy tarmoqlardan shou-biznes yulduzlarining viloyatlarda bergan kontsertlari videosi tarqaldi.
Xonanda Ziyoda oʻzining turli shaharardagi muxlislarini oltinrang libosi va quvnoq qoʻshiqlari bilan hayratda qoldirdi.
Munisa Rizayeva ham viloyatlarda kontsert berdi.
Xonanda Sevara boʻlsa oʻzining jozibador raqsi bilan Jarqoʻrgʻonda yoshu-qarini oʻyinga tushirdi.
Eslatib oʻtamiz, bu yil Oʻzbekistondan Navroʻz bayramida 4 kun dam olish kuni boʻladi: 21, 22, 23 va 24 mart. Barcha shaharlarda bayram tantanalari va xalq sayllari oʻtkazish rejalashtirilgan.