Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari dasturi e’lon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Navro‘z kunlarida o‘tkazish rejalashtirilayotgan bayram tadbirlari dasturi e’lon qilindi.

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi 21-24 mart Navro‘z kunlarida o‘tkazish rejalashtirilgan bayram tadbirldari dasturini e’lon qildi.

Lyudi gulyayut v Parke Drujbi Narodov - Sputnik O‘zbekiston
Mart oyida o‘zbekistonliklarni ko‘p dam olish kunlari kutmoqda

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi avvalgi Navro‘z sayillarini takrorlamaydigan o‘ziga xos madaniy dastur tayyorlagan. Unda mumtoz san’atni qadrlovchilar qatori zamonaviy musiqa ixlosmandlari ham e’tibordan chetda qolmaydi.

Siz turli ko‘rgazma va festivallar, milliy o‘yinlar va sport musobaqalari namoyishlariga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

21-24 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali quyidagicha: 

  • O‘zbekiston Milliy kutubxonasi orqasida, soat 12:00 dan 22:00 gacha simfonik orkestri konserti va gullar festivali o‘tkaziladi.
  • Sayilgoh ko‘chasidagi favvora oldida va A.Navoiy nomidagi teatr binosi. Soat 12:00 dan 19:00gacha viloyatlar ko‘rgazmasi,  DJlar festivali hamda katta konsert dasturlari namoyish etiladi.
  • Davlat xafsizlik xizmati avtoturargohi. Soat 12:00 dan 20:00 gacha “Sharq bozori” tashkil etiladi.
  • Zarafshon KSM avtoturargohi.  Soat 12:00 dan 20:00 gacha Milliy ustalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
  • «Hyatt regenci» mehmonxonasi. Soat 12:00dan 18:00 gacha Milliy o‘yinlar tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0