Dunyoda

Qozogʻiston parlamenti Ostona nomini Nursultonga oʻzgartirishni maʼqulladi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qozogʻiston poytaxti Ostona shahri nomi Nursulton deb oʻzgartirildi.

TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Qozogʻiston poytaxti Ostona shahri nomi Nursulton deb oʻzgartirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Qozogʻiston parlamenti deputatlari ikkinchi oʻqishda konstitutsiyaga poytaxt nomini birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga tuzatish kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdi.

“Tarixiy qaror qabul qilindi”, - dedi Qozogʻiston parlamenti deputati Nurlan Nigmatulin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston prezidenti lavozimiga kirishgan Qosim-Jomart Tokayev Qozogʻiston poytaxti Ostona shahri nomini Nursultonga oʻzgartirish taklifini kiritgan edi.

Yangiliklar lentasi
0