Qozog‘iston prezidenti Tokayev Ostona nomini Nursultonga o‘zgartirishni taklif etdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident lavozimiga kirishishi bilan Tokayev Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri nomini Nursultonga o‘zgartirish taklifini kiritdi

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri Nursultonga o‘zgartirilishi kerak. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti vazifasini bajaruvchi Tokayev qasamod marosimidan keyin bayonot qildi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev o‘z qarorgohidan kutubxona binosiga ko‘chib o‘tadi

Tokayev Qozog‘iston prezidenti sifatida o‘zining ilk nutqini so‘zlagan.

"Yelbasining xalqimiz oldida xizmatlari shu qadar buyukki, biz bu ismni abadiylashtirishimiz lozim. Bu oliy darajada adolatdan bo‘ladi", - degan Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev.

U Qozog‘iston, Nursulton Nazarboyev tufayli butun boshli sotsialistik maydonda, xususan Markaziy Yevropada ham yetakchi mamlakat maqomiga erishganini qo‘shimcha qildi.

"Bizning poytaxtimiz prezidentimiz nomini olishi va Nursulton, deya atalishi kerak. Bunday taklif parlamentariylar tomonidan 2016-yilda, Qozog‘iston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan aytilgan edi", - dedi Tokayev.

Uning taklifini parlamentariylar gulduros qarsaklar bilan qarshi olishdi.

Kasim-Jomart Tokayev Qozog‘iston prezidenti qasamodini keltirdi. Konstitutsiyaga binoan u Nursulton Nazarboyevning prezidentlik muddati yakuniga qadar davlat rahbari vazifasini to‘laqonli bajaradi.

Yangiliklar lentasi
0