Qozog‘iston o‘z prezidentini kutmoqda: parlament binosi oldida qizil poyandoz to‘shalgan

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishVidi Astani
Vidi Astani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quni kecha Nursulton Nazarboyev qasamod qabul qilish marosimini o‘tkazish to‘g‘risida o‘zining eng so‘nggi qarorini imzolagan edi.

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Qozog‘iston parlament binosi oldida qizil gilamlar to‘shaldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston muxbiri.

Patriarx Kirill vruchil orden Sergiya Radonejskogo prezidentu Kazaxstana N. Nazarbayevu - Sputnik O‘zbekiston
Nursulton Nazarbayev iste’foga chiqdi

Ta’kidlanishicha, bu gilamdan Birinchi prezident - Yelbasi Nursulton Nazarboyev, shuningdek, Kasim-Jomart Tokayev o‘tishi kutilmoqda. Tokayev Konstitutsiyaga binoan qasamod keltirgach saylovlarga qadar prezident vazifasini bajaradi.

Bugun, 20-mart kuni 12:00 parlament binosida senat va majlisning qo‘shma yig‘ilishi o‘tkaziladi. Kutilishicha, prezident lavozimiga kirishayotgan Tokayevning qasamod qabul qilishi marosimi o‘tkaziladi.

Shu bois, erta tongdan parlament binosi yonida ommaviy axborot vositalari vakillari to‘planishgan, binoga kiraverishda prezident teleradiomajmuasi hamda respublika kanallarining harakatlanuvchi televizion stansiyalari joy egallagan.

Quni kecha Nursulton Nazarboyev qasamod qabul qilinishi marosimini o‘tkazish to‘g‘risida o‘zining eng so‘nggi qarorini imzolagan edi.

Qo‘shma yig‘ilish chaqirish haqidagi farmoyish esa majlis raisi Nurlan Nigmatulin tomonidan imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0