Kobulda Navro‘z bayramida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishStrani mira. Afganistan
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida Navro‘z bayrami shodiyonalarida portlash sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida Navro‘z bayrami shodiyonalarida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Kobuldagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi

Xabarda qayd etilishicha, portlash oqibida halok bo‘lgan soni 6 kishiga yetgan va 23 kishi esa jarohat olgan.

Avvalroq Afg‘oniston mahalliy nashrlari ikki kishi qurbon bo‘lgani va 14 kishi jarohat olgani haqida xabar qilishgan edi.

Mahalliy nashrlar xabarlariga ko‘ra, portlash payshanba kuni Kobulning Kart-e-Saxi tumanida odamlar bahor bayrami, tabiat yangilanishi ayyomi, yangi yil – Navro‘z bayramini nishonlayotgan joyda sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishiga ko‘ra, portlash raketadan o‘qqa tutish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0