Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan qutladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning birinchi prezidenti qardosh o‘zbek xalqiga samimiy tilaklarini yo‘lladi

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik telegrammasini yo‘lladi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na seremonii otkritiya Humo Arena - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Navro‘z kuni yoqqan yomg‘ir sinoati haqida gapirdi

"Muhtaram Shavkat Miromonovich! Sizni va butun O‘zbekiston xalqini xalqlarimiz uchun mushtarak bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman! Insoniyatga ezgu qadriyatlar ulashuvchi, odamlarni dini va tiliga qarab ajratmaydigan, tinchlik va birdamlikka da’vat etuvchi ushbu ayyom qardosh xalqlarimizga o‘z hayotbaxsh kuchini ato etsin, ko‘p shodliklar va baxt-saodat olib kelsin", - deyilgan tabrik telegrammasida.

Nazarboyev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik bundan buyon ham mustahkam do‘stlik va sheriklik asosida izchil rivojlanishiga ishon bildirgan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinch-farovon hayot va ravnaq tilab qolgan.                                                                   ,

Yangiliklar lentasi
0