Ostona nomi o‘zgarishi qozoqlarni urishtirib qo‘ydi

© Sputnik / Olga Golovko / Mediabankka o‘tishMonument "Astana-Bayterek"
Monument Astana-Bayterek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guvohlar aytishiga ko‘ra, politsiya xodimlari 20 nafarga yaqin kishini qo‘lga olgan.

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Qozog‘iston poytaxtida Ostona shahri nomini Nursulton deb o‘zgartirishga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Ostona shahri hokimligi binosi oldida Qozog‘iston poytaxtini qayta nomlash tarafdorlari va qarshi tomon mushtlashishadi.

Miting LDPR na Pushkinskoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Qozog‘iston uchun tez orada kurash boshlanishini prognoz qilmoqda

Hozirda RIA Novosti politsiyaning rasmiy izohga ega emas, biroq, guvohlar aytishiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari 20 nafarga yaqin kishini qo‘lga olgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston yangi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev mamlakat poytaxti Ostona nomini birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga Nursulton etib o‘zgartirish taklifini kiritgan edi. 20 mart, chorshanba kuni Qozog‘iston parlamenti deputatlari ikki o‘qishda poytaxt nomini o‘zgartirish to‘g‘risida konstitutsiyaga tuzatishlar kiritishni ma’qulladilar.

Yangiliklar lentasi
0