Guvohlar bortida yo‘lovchilari bilan yonib ketayotgan samolyotni videoga olishdi

CC0 / Unsplash / Johannes Roth / Posadka samoleta. Illyustrativnoe foto
Posadka samoleta. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tehron xalqaro aeroportida bortida yo‘lovchi bo‘lgan samolyotga o‘t ketdi. Ushbu hodisa qo‘nish vaqtida yuz berdi.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Iran Air yo‘lovchi samolyotining qo‘nish vaqtida yonib ketish holati videoyozuvi paydo bo‘ldi.

Hodisa Eron poytaxti Tehron shahridagi Mehrobod xalqaro aeroportida sodir bo‘ldi. Kadrlarda qo‘nayotgan samolyotning turli qismlari alanga olayotganini ko‘rish mumkin.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yong‘inga samolyot shassisining nosozligi sabab bo‘lgan.

Yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan. Yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0