Jamiyat

Qaynoq choy isteʼmol qilish oʻlimga olib kelishi mumkin – olimlar

© Unsplash / Clay BanksKrujka s goryachim chayem v ruke mujchinы
Krujka s goryachim chayem v ruke mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston
Olimlar 40 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan 50 mingdan ziyod kishi ishtirokida tadqiqot oʻtkazishdi. Oʻrtacha kuzatish davri oʻn yilni tashkil etdi.

TOSHKENT, 22 mar – Sputnik. Qaynoq choy isteʼmol qilish qiziloʻngach saratoni paydo boʻlishi va rivojlanishi xavfini oshiradi, deya maʼlum qildi xalqaro ilmiy guruh. Bu haqda EurekAlert! portali xabar qilmoqda.

Proxladitelnыe napitki - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Gazli ichimliklar va erta oʻlimlar orasidagi bogʻliqlik maʼlum qilindi – tadqiqot

Qayd etilishicha, olimlar 40 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan 50 mingdan ziyod kishi ishtirokida tadqiqot oʻtkazishadi. Oʻrtacha kuzatish davri oʻn yilni tashkil etdi. Olingan natijalarga koʻra tadqiqotda qatnashgan 317 nafar koʻngillida qiziloʻngach saratoni qayd etilgan.

Maʼlum boʻlishicha, muntazam ravishda 60 daraja issiqdan ortiq haroratda 700 ml.dan ortiq choyni har kuni isteʼmol qilish qiziloʻngach saratoni rivojlanish xavfini 90 foizga oshiradi.

“Koʻpchilik choy, qahva yoki boshqa qaynoq ichimliklarni ichishni yaxshi koʻrishadi. Biroq, biz olib borgan tadqiqot natijalariga koʻra, juda issiq choy isteʼmol qilish qiziloʻngach saratoni paydo boʻlishi va rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin”, - dedi tadqiqot yetakchi muallifi Amerika onkologiya jamiyati professori Farhad Islami.

Choyning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

Professor qiziloʻngach saratoni rivojlanishining oldini olish uchun qaynoq ichimlik sovishini kutishni tavsiya berdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala