Jamiyat

Birinchi oʻzbek mexanizator ayolining muzeyi qayta tiklandi

© SputnikV Tashkente vosstanovili muzey pervoy uzbekskoy jenщinы mexanizatora
V Tashkente vosstanovili muzey pervoy uzbekskoy jenщinы mexanizatora - Sputnik Oʻzbekiston
Bu muzey oddiy dehqon farzandining hayot yoʻlidan soʻzlaydi. Birinchi oʻzbek mexanizator ayoli Tursunoy Oxunova mashaqqatli mehnatlari, irodasi, qatʼiyati va kamtarligi tufayli el-yurt hurmatini topdi.

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilib, kamolga yetgan birinchi oʻzbek mexanizator ayoli Tursunoy Oxunovaning xotira maydoni obodonlashtirilib, maʼnaviyat maskaniga aylantirildi, deb xabar qilindi "Xalq bilan muloqot" guruhida.

Novorojdennыy rebenok - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyodagi eng keksa ona: hindistonlik ayol 65 yoshida farzandli boʻldi

Taʼkidlanishicha, xotira maydoni ikki karra Mehnat Qahramoni Tursunoy Oxunova sharafiga koʻp yillar avval barpo qilingan-u, soʻng bir qadar qarovsiz qolib ketgan. Endi esa davlat rahbari topshirigʻi asosida obodonlashtirilib, goʻzal-fayziyob maʼnaviyat maskaniga aylantirildi.

Tursunoy Oxunova byusti restavratsiya qilinib, xotira maydoni qayta qurildi, qarovsiz holatda turgan Tursunoy Oxunova muzeyi tiklanib, madaniyat markaziga aylantirildi. 

"Oddiy dehqon farzandi Tursunoy Oxunovaga xos mehnatkashlik, fidoyilik, kamtarlik kabi fazilatlar bugungi avlodlar uchun ham ibrat maktabidir. Bu muzey oddiy dehqon farzandining hayot yoʻlidan soʻzlaydi. Birinchi oʻzbek mexanizator ayoli Tursunoy Oxunova mashaqqatli mehnatlari, irodasi, qatʼiyati va kamtarligi tufayli el-yurt hurmatini topdi. Buni tarixga muhrlangan mana bu suratlardan ham bilish qiyin emas.

Muzey binosida tez kunda musiqa va shaxmat toʻgaraklari ish boshlasa, koʻp oʻtmay atrofdagi yerlar ham obodonlashtirilib, katta xiyobon, sunʼiy futbol maydoni, moʻʼjaz kutubxonalar barpo qilinadi", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala