Siyosat

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

© REUTERS / Yuri GripasPrezident SSHA Donald Tramp s flagom SSHA na Konferentsii konservativnogo politicheskogo deystviya
Prezident SSHA Donald Tramp s flagom SSHA na Konferentsii konservativnogo politicheskogo deystviya - Sputnik Oʻzbekiston
Tramning taʼkidiga koʻra, Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari Oʻzbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda.

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevga Navroʻz ayyomi munosabati bilan tabrik telegrammasini yoʻlladi.

Studentы v Sankt-Peterburge otmechayut Navruz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekcha lezginka: Peterburgda Navroʻz ayyomi qanday nishonlandi

"Muhtaram Prezident Janoblari!

Navroʻz Sizga, oilangizga va Oʻzbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Ushbu ajoyib bayram munosabati bilan koʻplab amerikaliklar hamda dunyodagi boshqa xalqlar yangilanish va uygʻonish ayyomini birgalikda nishonladilar. 
Oʻtgan yil may oyida Siz bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv menga katta mamnuniyat bagʻishladi, Siz amalga oshirayotgan islohotlar surʼati meni gʻoyat xursand qilmoqda.

Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari Oʻzbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda. Biz Afgʻonistonda barqaror taraqqiyot va tinchlikka erishishning tarafdori boʻlgan paytda Sizning Shimoliy yoʻlak masalasida qoʻllab-quvvatlashingizni qadrlayman. Navroʻz muborak!", - deyilgan tabrik matnida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala