Toshkentda 24 mart kuni yopiladigan koʻchalar roʻyxati

CC0 / pixabay / Avtomobilnoye dvijeniye
Avtomobilnoye dvijeniye - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yilning 24 mart kuni Toshkent shahrida birinchi Toshkent xalqaro yarim marafoni boʻlib oʻtadi. Xalqaro formatda ushbu marafon poytaxt va mamlakat tarixida birinchi marotaba oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Ertaga, 24 mart kuni Navroʻz ayyomiga bagʻishlangan birinchi xalqaro yarimmarafon oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida soat 9.00dan 13.00ga qadar ayrim koʻchalarda transport harakati cheklanadi.

Goroda Mira. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan biriga aylandi

Avtomobillar harakati Afrosiyob koʻchasi - Birinchi prezident Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy memorial majmuadan Oybek koʻchasiga qadar;

Oybek koʻchasi – Afrosiyob koʻchasidan Nukus koʻchasiga qadar;

Nukus koʻchasi – Oybek koʻchasidan Qodiriy koʻchasiga qadar;

Qodiriy koʻchasi – Nukus koʻchasidan Mustaqillik koʻchasiga qadar;

Mustaqillik koʻchasidan Mirzo-Ulugʻbek koʻchasiga qadar;

Mirzo-Ulugʻbek koʻchasidan Mahtumquli koʻchasiga qadar;

Mahtumquli koʻchasi - Mirzo-Ulugʻbek koʻchasidan Amir Temur xiyoboni yonidagi aylana yoʻlga qadar;

Zal ojidaniya vokzala Tashkent-Yujnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent temir yoʻl vokzallarida bepul Wi-Fi xizmati tashkil etildi

Amir Temur xiyoboni yonidagi "krug" – Mahtumquli koʻchasidan Amir Temur koʻchasiga qadar;

Amir Temur koʻchasi – skver yonidagi aylana yoʻldan Islom Karimov koʻchasiga qadar;

Islom Karimov koʻchasi – Amir Temur koʻchasidan - Sharof Rashidov koʻchasiga qadar;

Sharof Rashidov koʻchasi – Afrosiyob koʻchasidan - Navoiy va Qodiriy koʻchalari kesishmasiga qadar;

Navoiy koʻchasi – Sharof Rashidov koʻchasidan Olmazor koʻchasiga qadar;

Qodiriy koʻchasi – Sharof Rashidov koʻchasidan Olmazor koʻchasiga qadar;

Olmazor koʻchasi – Qodiriy koʻchasidan Afrosiyob koʻchasiga qadar.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala