Jamiyat

Ertaga Toshkentda birinchi xalqaro yarim marafoni boʻlib oʻtadi

Yarim marafon soat 9:00 da boshlanadi va shaharning diqqatga sazovor joylarini boʻylab asosiy koʻchalardan oʻtadi. Hozirga qadar bir ming besh yuzdan ziyod yuguruvchilar roʻyxatdan oʻtgan

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. 24 mart kuni Toshkentda Navroʻz birinchi xalqaro yarim marafoni boʻlib oʻtadi Xalqaro formatda ushbu yarim marafon poytaxt va mamlakat tarixida birinchi marotaba oʻtkaziladi. 

Prazdnovaniye Navruza v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda Navroʻz bayrami tadbirlari dasturi eʼlon qilindi

Musobaqa ishtirokchilari ikki masofani - 21.097 km (yarim marafon) va 5 km masofani yugurib oʻtishlari mumkin. Tadbirni tashkil etishda sertifikatlangan mutaxassislar va xalqaro toifadagi sudyalarni oʻz ichiga olgan xalqaro kompaniya konsultativ koʻmak koʻrsatmoqda. 

Yarim marafon soat 9:00 da boshlanadi va shaharning diqqatga sazovor joylarini boʻylab asosiy koʻchalardan oʻtadi. Start va finish Afrosiyob va Beshyogʻoch koʻchalari chorrahasida ("Humo Arena" muz saroyi yonida) joylashgan. 

Musobaqaning 3 soat ichida finishga yetib kelgan barcha ishtirokchilari esdalik medallarni qoʻlga kiritadilar. Gʻoliblar uchun sovrin jamgʻarmasi ham tashkil etilgan. Yarim marafonda 1-dan 8-gacha joy olgan erkaklar va ayollarga 3 dan 12 mln. soʻmgacha pul mukofoti beriladi. 5 km masofada 1-dan 6-gacha oʻrinni egallaganlar 500 000 dan 2 mln soʻmgacha mukofot bilan taqdirlanadilar. 

Ushbu sport bayramida kamida 15 yoshga toʻlgan (5 km masofa uchun) va 18 yoshdan katta (Yarim marafon masofasida) barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok etish uchun 50 000 soʻm miqdorida toʻlovni amalga oshirish lozim. Butun dunyodagi bunday tadbirlarda ishtirok etishga haq toʻlanadi. Buning sababi shundaki, tashkilotchilar tomonidan futbolka, kepka, sumka va maxsus chip oʻrnatilgan ishtirokchi raqamini oʻz ichiga olgan boshlangʻich paketlarni tayyorlanadi. Toʻplamda, shuningdek, finishda taqdim etiladigan medal ham mavjud. 

Yarim marafon tashkilotchilar, homiylar va xayriya tashkilotlari, shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. 

23 mart 19.00 holatiga qadar marafonda ishtirok etish uchun 1658 kishi roʻyxatdan oʻtgan.

Ulardan 610 nafari - 21 km.ga, 1048 nafari - 5 km.ga yugurish istagini bildirganlar.

Xalqaro marafonda 28 davlatdan ishtirokchilar qatnashadi. Ular orasida Oʻzbekistonga qoʻshni boʻlgan mamlakatlardan tashqari, Afgʻoniston, Rossiya, AQSH, Avstriya, Xitoy, Frantsiya, Germaniya, Eron, Isroil, Hindiston, Germaniya, Turkiya, Tayland va boshqa davlat yuguruvchilari bor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala