Gongkonglik taksist ayol yo‘lovchilar yubkasini tagini poylash uchun mashinada kamera yashirdi

Obuna bo‘lish
Erkakning telefonidan u manzillariga eltib qo‘ygan ayollar ishtirokidagi 870 ta rolik topilgan. Videolarning barchasi ayollar xabarisiz yashirin video yordamida suratga olingan bo‘lgan.

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Gonkongda yo‘lovchi ayollarni yashirin kamera yordamida suratga olgan Uber taksi haydovchisiga hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post nashri.

Zaklyuchenniy za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Gorilla libosida xonadonlar derazasidan poylab, qamoqqa tushdi

2018 yilning sentabrida politsiyachilar 44 yashar haydovchini alkogolga tekshirish uchun to‘xtatib, uning telefoni orqa o‘rindiqda uxlab yotgan yo‘lovchi ayolni ko‘rsatib turganini payqab qolishadi. Avtomobil tekshiruvdan o‘tkazilganida, old o‘rindiqning orqa tomonida ikkita kamera borligi aniqlanadi. Yashirin kameralar ayollarning yubkasini tagini ko‘rsatadigan qilib joylashtirilgan bo‘lgan.

Uber kompaniyasi uxlab yotgan yo‘lovchi ayolning yo‘l xarajatlarini o‘z hisobidan to‘lab beradi. Ma’lum bo‘lishicha, erkak uxlab yotgan ayolni 13-marta videoga olishga ulgurgan. Shuningdek, erkakning telefonidan u manzillariga eltib qo‘ygan ayollar ishtirokidagi 870 ta rolik topilgan. Videolarning barchasi ayollar xabarisiz yashirin video yordamida suratga olingan bo‘lgan.

Joriy yil mart oyi boshida haydovchi jamoatchilik odoblarini buzganligi va litsenziyasi bo‘lmagan holda taksi haydaganini tan olgan. Erkak ayollarni o‘zi uchun suratga olganligini ta’kidlagan. Ma’lum bo‘lishicha, u 10-yildan buyon bo‘ydoqlikda hayot kechirgan. Erkakka sud tomonidan 2 ming gongkong dollari (taxminan 267 AQSh dollari) miqdorida jarima solingan va 2 oylik qamoq jazosi tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0