Ostona nomining o‘zgarishi: Konstitutsiyada bunga mone’lik yo‘q

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxt nomi mamlakat suvereniteti, territorial yaxlitlik va prezident maqomiga daxldor emas, shu bois Konstitutsiyaga binoan shaharga boshqa nom berilishi mumkin

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Konstitutsiyaviy kengash tomonidan Ostona nomini qayta nomlash masalasi bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishga ijobiy xulosa berdi. Bu haqda Konstitutsiyaviy kengash a’zosi Iogan Merkel ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik Qozog‘iston.

Prezident RF V. Putin i kandidat na post premyer-ministra RF D. Medvedev prinyali uchastie v plenarnom zasedanii Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Nazarboyevdan Qozog‘istondagi "qayta nomlash" jarayonini to‘xtatishni so‘radi

Kasim-Jomart Tokayev qonunchilik loyihasini kiritgani yo‘q, u faqat g‘oyani ilgari surdi, dedi Merkel.

"Hukumat bu qonunchilik loyihasini kiritdi. Lekin majburiy shart mavjud. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilayotganida, Konstitutsiyaviy kengashning ijobiy xulosasi bo‘lishi kerak. Biz shunday xulosani berdik. Ham rasman ham yuridik jihatdan barcha jarayonlarga amal qilindi", - dedi Merkel.

Konstitutsiyaga binoan mamlakat suvereniteti, territorial yaxlitligi, prezident maqomi va davlat faoliyatining asosiy tamoyillari o‘zgarishsiz qoladi. Poytaxtning qayta nomlanishi bu masalalarga daxldor emas, deb ta’kidladi Merkel.

"Internetda turlicha taxminlar yuribdi, bu noto‘g‘riligi, o‘z bo‘yniga prezident vakolatlarini olgan shaxs Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish tashabbuskori bo‘lishga haqli emasligi haqida aytilayapti. Men sizga aytmoqchiman, Tokayev hech qanday qonunchilik loyihasini kiritgani yo‘q", - deb ta’kidladi u.

Fuqaro sifatida Iogan Merkelning o‘zi Ostonaning Nursultonga qayta nomlanishi taklifini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning fikricha, yoshlar "poytaxt bilan bog‘liq tarixiy jarayonni yaxshi bilishmaydi, mamlakat qurilishida prezident ishtiroki qanday bo‘lganidan xabardor emas".

Prezident tomonidan o‘zgartishlar imzolanishi bilan Ostona rasman Nur-Sulton, deya atala boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0