Jamiyat

Unvonidan mahrum qilingan "Miss Moskva" qimmatbaho tojni sindirdi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishPobeditelnitsa konkursa krasotы "Miss Moskva 2018" Alesya Semerenko
Pobeditelnitsa konkursa krasotы Miss Moskva 2018 Alesya Semerenko - Sputnik Oʻzbekiston
Tanlov tashkilotchilari sohibjamoldan yarimqimmatbaho toshli tojni katta qiyinchilik bilan qaytarib olishga muvaffaq boʻlishganini aytishmoqda. Kamiga toj siniq holatda, taʼmirtalab ekani aniqlangan.

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. "Miss Moskva" tanlovining 23 yillik tarixida birinchi marta "Moskva goʻzali-2018" deb tan olingan Alesya Semerenko unvoni hamda tojidan mahrum qilindi. Tanlov majburiyatlariga amal qilmagan sohibjamol shuningdek yarim million rubl jarima toʻlashi ham mumkin.

Korona pobeditelnitsы konkursa krasotы - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
"Har bir oʻzbek ayoli - malikaligini isbotladim" - birinchi "Toshkent goʻzali" bilan intervyu

Goʻzallik tanlovi yuristi Pavel Stavitskiyning soʻzlariga koʻra, shartnomada nazarda tutilgan jarima sanktsiyalari tanlov obroʻyiga putur yetkazganlik uchun undirib olinadi. 

Stavitskiyga koʻra, Semerenko ijtimoiy tarmoqlardagi "Miss Moskva" tanloviga bagʻishlangan barcha materiallarni olib tashlashi kerak, aks holda tanlov tashkilotchilari sohibjamolni sudga berishlarini aniq.

Tanlov tashkilotchilari goʻzalni unvondan mahrum qilish sabablariga izoh berar ekanlar, Semerenko shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarmagani va tanlov gʻolibasi uchun majburiy boʻlgan tadbirlarda umuman koʻrinish bermaganini aytishgan edi.

Semerenko bunga javoban tashkilotchilarni boʻxtonda aybladi. U "ushbu tadbirlarda hech kim uni u yoqqa chaqirmagani" tufayli bormaganini aytdi. Qoʻngʻiroqlarga esa "telefonim taʼmirda boʻlgani uchun javob bermaganman", deya qoʻshimcha qildi.

"Bir narsani aytishim mumkin, mening tojim kimningdir koʻzini juda kuydirmoqda", — deb yozgan Semerenko oʻz Instagramida.

Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, tojni Semerenkodan olishda ancha qiyinchiliklarga duch kelingan, va nihoyat olingach, toj siniqligi aniqlangan.

Semerenkoning unvondan mahrum etilgani haqida 21 mart kuni xabar berildi. Endilikda "Miss Moskva-2018" unvoni, shuningdek, gʻoliba toji birinchi vitse-miss Kseniya Palenovaga oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala