TOSHKENT, 24 mar – Sputnik. Urugʻvaylik mashhur xonanda va aktrisa Natalya Oreyro Birinchi kanaldagi “Vecherniy Urgant” koʻrsatuvi vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ochiq murojaat yoʻlladi.
Boshlovchi Ivan Urgant bilan suhbati davomida Natalya Rossiyada 15 marotaba boʻlganini va xorijiylar orasida rossiyaga eng yaqin kishiligini, ekanligini taʼkidlagan va “endi menga faqat Putin Rossiya pasportini berishi qoldi” degan.
Bunga javoban Ivan Urgant xonandaga rossiya prezidentiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishni maslahat bergan.
“Putin menga pasport bering! Xorijiylar orasida Rossiyaga mendan koʻra yaqinroq kishi yuq”, - dedi Oreyro. Shundan soʻng Oreyro hazilomuz u hatto 2013 yilda Rossiya pasprtini olgan Jerar Depardyedan ham yaqinroq ekanligini taʼkidlagan.
Ayni damda Natalya Oreyro Rossiyada suratga olinayotgan “Dikiy angel” serialida suratga tushmoqda. Bundan oldin u Moskva viloyatidagi Balashixa shaharchasida suratga olinayotgan videoklipda suratga tushgani maʼlum qilingan edi.