Sport

Sambo boʻyicha jahon kubogida Oʻzbekiston 2 oʻrinni egalladi

© NOK UzbekistanaSambistы Uzbekistana zavoyevali vtoroye mesto v obщekomandnom zachete Kubka mira
Sambistы Uzbekistana zavoyevali vtoroye mesto v obщekomandnom zachete Kubka mira      - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston sambo jamoasi Moskvada boʻlib oʻtgan jahon kubogida jangovar sambo boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi.

TOSHKENT, 24 mar – Sputnik.Moskvadagi “Lujniki” sport saroyida boʻlib oʻtgan jahon kubogida Oʻzbekiston sambo jamoasi 2ta oltin,  6ta kumush va  5ta bronza medal bilan  ikkinchi oʻrinni egalladi, deb xabar qilmoqda Olimpiya qoʻmitasi.  

“Zarnigor Oʻrmonova (56 kg), Sherzod Rasulov (62 kg, jangovor sambo), Neʼmat Yoqubov (90 kg, jangovor sambo), Istam Qudratov (74 kg, jangovor sambo), Hakimjon Ismoilov (+100 kg, jangovor sambo) kumush medal qoʻlga kiritgan boʻlsalar, Abbos Jalolov (74 kg) va Ikrom Abdukarimov (52 kg, jangovor sambo) bronza medali egalasiga aylanishdi”, - deyilgan xabarda.

Sambo asoschisi Anatoliy Xarlampiyev xotirasiga bagʻishlangan ushbu sambo musobaqasi 1980 yildan buyon anaʼnaviy ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Bu yilgi musobaqalarda 33 mamlkatdan 250 nafar sportchilar jamlanishdi. Musobaqalar samboning ikki turi - Sport sambosi va jangovar sambo boʻyicha boʻlib oʻtdi. Rossiya jamoasi 19ta oltin medal bilan ikkala guruhda ham yetakchilik qildi.

Yangiliklar lentasi
0