Halokatga uchrayotgan kruiz layneri ichida olingan video paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Norvegiya yaqinida halokatga uchrayotgan kruiz layneri yo‘lovchilari suratga olgan video paydo bo‘ldi.  

TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Norvegiya qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchrayotgan Viking Sky kruiz layneri yo‘lovchilari suratga olgan video internetda tarqaldi.

​Eslatib o‘tamiz, ichida 1300 yo‘lovchi bo‘lgan Viking Sky kruiz kemasining dvigatellari ishdan chiqishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan. Ayni damda dengizning ushbu qismida kuchli to‘lqinlar borligi tufayli laynerga qutqaruv kemalari yaqinlasha olmaydi.

Yo‘lovchilarni qutqarish uchun faqat vertolotlardan foydalanilmoqda.

Norvegiyadagi Rossiya elchixonasi xabariga ko‘ra, kruiz laynerida 3 nafar Rossiya fuqarolari ham bor. Ularning barchasi ekipaj a’zolari. Yo‘lovchilar orasida boshqa rossiyaliklar yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0