Siyosat

BAA tashrifi: 10 mlrd dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi

Investitsiyalar, moliya, muqobil energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, bojxona maʼmuriyatchiligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik boʻyicha imzolangan hujjatlar almashildi.

TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida 10 milliard dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v OAE - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Abu-Dabida Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olindi

Kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralardan soʻng ikki tomonlama imzolangan hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. 

Oʻzbekiston Respublikasi va BAA oʻrtasida Qoʻshma bayonot qabul qilindi.

Investitsiyalar, moliya, muqobil energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, bojxona maʼmuriyatchiligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik boʻyicha imzolangan hujjatlar almashildi. Umuman, tashrif doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishilgani maʼlum qilindi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v OAE
BAA tashrifi: 10 mlrd dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi - Sputnik Oʻzbekiston
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v OAE

Shundan soʻng, prezident Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Samimiy muloqot chogʻida siyosat, investitsiya, xavfsizlik sohalari yuzasidan fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, energetika va infratuzilma yoʻnalishida qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish, fan-texnologiya va taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi. 

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala