TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Sirdaryoda fuqaro baxtsiz hodisa sababli vafot etdi.
Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 2019 yil 24 mart kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yashagan Gʻ.SH. uyida “Kamaz” rusumli yuk avtomashinaning yoqilgʻi bakini payvandlayotgan vaqtida ehtiyotsizligi tufayli yoqilgʻi baki yorilib ketgan.
Oqibatda fuqaro jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib bormoqda.