Rossiya Afg‘onistonning Slovakiyada ta’mirlangan vertolotlari uchun javob bermaydi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota Kazanskogo vertoletnogo zavoda (KVZ)
Rabota Kazanskogo vertoletnogo zavoda (KVZ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston vertolotlari Slovakiyada Rossiya ishtirokisiz, kelib chiqishi noma’lum ehtiyot qismlar bilan ta’mirlangan. Shu sabab Rossiya ularning xavfsizligi uchun javob bermaydi.

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Rossiya Afg‘oniston Qurolli kuchlarining Slovakiyada ta’mirlangan “Mi-17V-5” vertolotlaridan foydalanish xavfsizligini kafolatlamaydi, deyilgan “Rosoboroneksport” bayonotida.

“Rosoboroneksport” OAVlarga shuni ma’lum qiladiki, Afg‘oniston Qurolli kuchlarining “Mi-17V-5” vertolotlari Slovakiyaning LOTN kompaniyasi tomonidan Rossiyalik mutaxassislar ishtirokisiz va Rossiya qonunchiligiga zid ravishda ta’mirlangan. Shu sababli, Rossiya ushbu vertolotlaridan foydalanish xavfsizligini o‘z bo‘ynidan soqit qiladi”, - deyilgan xabarda.

“Rosoboroneksport” xabarida aytilishiga ko‘ra, LOTN kompaniyasi rahbariyati hamkorlariga o‘zlarining ushbu sohadagi vakolatlari va imkoniyatlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berishgan. Rossiya tomon slovakiyalik kompaniyaga bu borada hech qanday texnik hujjatlarni taqdim etmagan.

Vertoleti Mi-17 - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroga yo‘l olgan Mi-17 vertoloti Afg‘onistonda favqulodda qo‘ndi

Undan tashqari, LOTN kompaniyasi tomonidan foydalanilayotgan ehtiyot qismlarning kelib chiqishi mutlaq noma’lum bo‘lgani sababli, vertolotlar bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan  baxtsiz hodisalar ehtimolligi ortadi.

“Rossiya tomon fikriga ko‘ra, har qanday aviatsion texnikani ta’mirlash, ishlab chiqaruvchi texnik hujjatlarida belgilangan tartibda va bosh konstruktor nazorati ostida o‘tkazilishi kerak”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yilda AQSh Rossiyadan Afg‘oniston Havo kuchlari uchun 70 ta Mi-17V-5 vertolotlarini sotib olish haqida shartnoma imzolagan edi. Qo‘shma Shtatlardagi turli kuchlarning qarshiligiga qarmasdan, AQSh harbiylari umumiy qiymati 1,3 milliard bo‘lgan 63ta vertolotni xarid qilishgan edi.

2015 yilda NATO qo‘mondonligi ushbu vertolotlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun tender e’lon qilgan va tenderning asosiy shartlaridan biri – ta’mirlovchi mamlakat NATO e’zosi bo‘lishi kerak, deyilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0