Jamiyat

Tanasidan 16ta igna topilgan Azizbek bugun qanday yashamoqda?

© Xalq soʻziKak jivet Azizbek Abdumadjidov
Kak jivet Azizbek Abdumadjidov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Azizbekning otasi Alijonning doimiy ish joyi yoʻq, kunlik yollanma mehnat bilan oilasini zoʻrgʻa tebratmoqda...

TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. Bir yil oldin butun Oʻzbekistonni larzaga solgan ushbu voqea barchaning esida boʻlsa kerak. 9 oylik chaqaloq Azizbek Abdumajidovning tanasida 16ta igna topilgan va bir necha operatsiya bilan uning hayotini saqlab qolishgan edi.

Xalq soʻzi ONLINE” muxbirlari ushbu oilada boʻlib ularning yashash ahvoli bilan tanishishdi.

© Xalk SuziKak jivet Azizbek Abdumadjidov
Tanasidan 16ta igna topilgan Azizbek bugun qanday yashamoqda? - Sputnik Oʻzbekiston
Kak jivet Azizbek Abdumadjidov

Azizbek yaqinda 2 yoshga toʻldi, u hozir oʻzini yaxshi his qilmoqda, deb yozadi nashr. Oʻtgan yil sentyabrda ota-onasi Azizbekni Toshkenga olib borib shifokor koʻrigidan oʻtkazishgan. Oʻshanda shifokorlar Azizbekning sogʻligʻi yaxshi ekanligini qayd etishgan va 6 oydan soʻng yana olib kelishni tayinlashgan.

Rebenok 16yu igolkami v tele vыzdorovel - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tanasidan 16ta igna topilgan bolakayga uyiga javob berildi

Azizbekning otasi Alijon Xudoyberdiyev ushbu voqeadan soʻng uzoq yurtlarga bormay oilasi bilan birga yashashga qaror qilgan. Ular yaqinda yangi hovliga koʻchib oʻtishgan. Fotosuratlardan koʻrish mumkinki yangi hovlida hali barcha sharoit va qulayliklar mavjud emas.

Oila boshligʻi aytishiga qaraganda, hozir uning doimiy ishxonasi yoʻq, kunlik yollanma ish bilan oilasni zoʻrgʻa tebratmoqda. Yaqinda Azizbekni yana Toshkentga olib borish kerak.

“Televizorda koʻrsatishyapti, tomorqadan unumli foydalanish uchun sharoiti boʻlmagan shaxslarga davlat, bank va yana ayrim tashkilotlar har tomonlama yordam berisharkan. Toʻgʻrisi, shundan umidimiz bor. Tuman hokimligi yoki mutasaddi tashkilotlar bizning oyoqqa turib olishimiz va tomorqamizdan unumli foydalanishimizga birinchi koʻmakni koʻrsatishsa, u yogʻiga eru xotin eplab ketardik. Faqat boshlanishiga qoʻlimiz kaltalik qilyapti-da...”, - deydi Alijon.

Xullas, ushbu oila bugun yana yordamga muhtoj...

© Xalk soʻziKak jivet Azizbek Abdumadjidov
Tanasidan 16ta igna topilgan Azizbek bugun qanday yashamoqda? - Sputnik Oʻzbekiston
Kak jivet Azizbek Abdumadjidov

 

 

 

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0