Toshkent viloyatidagi sayyor qabulda 600 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi

© Fb/Dialog s narodomV Tashkentskoy oblasti sostoyalsya viezdnoy priyom grajdan
V Tashkentskoy oblasti sostoyalsya viezdnoy priyom grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasida Prezident administratsiyasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasida Prezident administratsiyasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 600 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabulda aholi murojaati mazmunidan kelib chiqib, ularni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muxammadiyev, O‘zbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov, Bosh prokuror Otabek Murodov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qabul qildi.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari o‘zbekistonliklar muammolarini uyma-uy yurib hal qiladi

Toshkent viloyatida murojaatlar bilan ishlash tizimi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 2 oyida 5 ming 600 jismoniy va yuridik shaxs viloyat, tuman va shahardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga murojaat qilgan. Murojaatlarning 3 ming 500 dan ortig‘i, ya’ni 63 foizi qanoatlantirilgan.

Shu davrda viloyat hududida 530 dan ortiq sayyor qabul o‘tkazilib, 4 ming 500 dan ortiq murojaat qabul qilingan. Ularning qariyb 2 mingtasi qanoatlantirilgan.

Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari qay tarzda xonadonlarga kirib bormoqchi?

Sayyor qabulda har bir murojaatchining arzi-holi tinglanib, ularning e’tiroziga sabab bo‘lgan holatlar chuqur tahlil qilingan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etildi.

Aholi bilan ochiq muloqot mobaynida aholining 600 dan ortiq murojaati tinglanib, ma’lum qismi joyida bartaraf etildi. Ma’lum muddat, ya’ni atroflicha o‘rganish yoki vaqt taqozo etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifa belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Yangiliklar lentasi
0