TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Bu borada oʻzaro tajriba almashish, delegatsiyalar tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i ministra vnutrennix del OAE sheyx Sayfa bin Zaida Al Naxayana

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i ministra vnutrennix del OAE sheyx Sayfa bin Zaida Al Naxayana
Ayni damda Oʻzbekiston rahbarining BAAga rasmiy tashrifi davom etmoqda. Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahridagi Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon maqbarasi hamda masjidini ziyorat qilib, “Vahat al-Karama” yodgorligiga gulchambar qoʻydi.